Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 2026/27 o'quv yiliga bazaviy o'quv rejalarni tasdiqladi. Asosiy o'zgarish — 4-sinfda «Informatika va axborot texnologiyalari» fani paydo bo'ladi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi umumta'lim muassasalarining 2026/27 o'quv yiliga mo'ljallangan bazaviy o'quv rejalarini 2026-yil 10-apreldagi 133-sonli buyruq bilan tasdiqladi. Idum.uz ta'lim portali ma'lumotlariga ko'ra, asosiy o'zgarish shundaki, 4-sinfda «Informatika va axborot texnologiyalari» yangi fani joriy etiladi.
Bazaviy o'quv rejalar maktablarning uch guruhi uchun alohida tasdiqlangan: o'zbek tilida, rus tilida hamda qardosh tillarda — qozoq, qirg'iz, tojik va turkman tillarida ta'lim beradigan maktablar uchun. Har bir rejaga tushuntirish xati ilova qilinadi.
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagoglarning malakasini oshirish milliy instituti 2026-yil 20-avgustgacha boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun yangi fan bo'yicha qisqa muddatli onlayn kurslar o'tkazadi.
Agar bola 4-sinfga borsa, uning dars jadvalida yangi fan paydo bo'ladi. Soatlarning aniq miqdorini maktab buyruqqa ilova qilingan hujjatlar asosida belgilaydi — ularni birinchi ota-onalar yig'ilishida sinf rahbaridan so'rash mumkin.