IQ007 — tez oʻqish va intellektni rivojlantirish maktablari xalqaro tarmogʻining Toshkentdagi filiali. Bu yerda oʻqish texnikasi va tez oʻqish, savodli yozuv va kalligrafiya, xotira, diqqat va mantiqni rivojlantirish bilan shugʻullanishadi. Darslar tarmoqning rus metodikasi boʻyicha kichik guruhlarda oʻtadi: bola tezroq va anglab oʻqishni, chiroyli yozishni hamda uy vazifalarini mustaqil bajarishni oʻrganadi. Maktabga tayyorlov, mental arifmetika va ingliz tili, shuningdek kattalar uchun guruhlar ham bor. Filial Gospitalniy turar-joy massividagi binoning birinchi qavatida joylashgan (Mirobod tumani): alohida kirish, resepshn, yorugʻ xonalar.
Sharh yozish uchun avtorizatsiya zarur. Bu bizga spamga qarshi kurashishga va baholarning halolligini saqlashga yordam beradi.